CS2 skinni qanday sotib olish

Do'kondan skin olish besh qadamda: kirish, Trade URL, balans, tanlash va qabul qilish.

Yangilangan: 13.10.2026

Qadamlar

  1. Steam bilan kiring. «Steam bilan kirish»ni bosing. Parol Steam sahifasida kiritiladi.
  2. Trade URL kiriting. Steam'da Inventar → Trade takliflari → Kim menga trade yubora oladi sahifasidan havolani nusxalab, saytga qo'ying. Sayt kerak bo'lganda o'zi so'raydi.
  3. Balansni to'ldiring. Balansdagi «+» tugmasini bosing, summani kiriting. To'lov Click sahifasida o'tadi, pul odatda bir necha soniyada tushadi.
  4. Skinni tanlang. Do'konda qidiruv va filtrlardan foydalaning: kategoriya, qurol turi, wear, nodirlik, StatTrak, Souvenir va narx oralig'i. Narx so'mda ko'rinadi.
  5. Sotib oling va qabul qiling. «Sotib olish»ni bosganingizda summa balansdan yechiladi, skin Steam taklifi bilan yuboriladi. Taklifni Steam'da muddati ichida qabul qilasiz.

Tanlashda nimaga qarash kerak

Buyurtma bajarilmasa

Skin sotilib ketgan, taklif yuborib bo'lmagan yoki taklif muddatida qabul qilinmagan bo'lsa, to'langan summa balansga qaytariladi. Buyurtma holatini profilda ko'rasiz.

Xavfsizlik

Taklifni qabul qilishdan oldin Steam'da ichidagi skinni va yuboruvchini tekshiring. Sayt Steam parolingizni so'ramaydi. Batafsil: CS2 savdosida xavfsizlik.

Do'konga o'tish